25-iyul kuni KXDRda uchirilgan raketalar o‘zining texnik tavsifi bilan Rossiyaning “Iskander” raketalarinikiga o‘xshash ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Yonhap agentligining yozishicha, “Iskander” 9K720’niki bilan o‘xshash texnik tavsifga ega raketa 600 kilometr masofaga ucha oladi.
25-iyul kuni KXDRda mamlakat yetakchisi Kim Chen In boshchiligida ikkita yangi taktik boshqariluvchi raketani uchirgandi. KXDRning ma’lum qilishicha, mazkur raketalar Seul tomonidan Koreya yarimorolida yangi qurollar va harbiy texnikalarning ishtirokida o‘tkazilyotgan o‘quv mashg‘ulotlariga javob tarzida uchirilgan.
Yaqin masofaga uchirilgan ikkita raketa Yapon dengiziga borib qulagan. Shunda raketalarning biri 690 kilometr, ikkinchisi 430 kilometr uchgan.
Izoh (0)