Pokiston janubida avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 24 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa Shohpur Chaqar shahri yaqinidagi Sangxar okrugida ro‘y berdi. Katta tezlikda ketayotgan avtobus yo‘lda rikshaga urildi.
Qurbonlarning 5 nafari ayol, 3 nafari bola ekani aytilmoqda. Yaralanganlar mahalliy kasalxonaga yetkazildi.
Izoh (0)