Somalining Kismayo shahrida joylashgan mehmonxonada bomba portlashi va undan so‘ng sodir bo‘lgan otishmalar oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Bomba portlagan mehmonxonada mahalliy amaldorlar va oqsoqollar o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan mintaqaviy saylovlarni muhokama qilayotgan bo‘lgan.
Hujum bo‘yicha mas’uliyatni “Al-Qoida” tarmog‘iga aloqador ash-Shabab ekstremistik guruhi o‘z bo‘yniga oldi.
“Avvaliga biz bombani portlatdik, shundan so‘ng qurollangan mujohidlar mehmonxonaga bostirib kirdi. Mehmonxona ichida hujumlarni davom ettirmoqdamiz”, — deyiladi terrorchilarning xabarida.
Otishma qurbonlari ko‘p bo‘lishi mumkin, chunki soqchilar va jangarilar o‘rtasidagi otishma davom etmoqda.
Izoh (0)