Iyun oyi yakuniga ko‘ra, Eronda neft qazib olish kuniga 2,28 million barrelgacha tushib ketdi. Bu esa so‘nggi 30 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichdir, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Xalqaro energetika agentligining har oylik hisobotiga ko‘ra, may oyiga nisbatan neft qazib olish sutkasiga 120 ming barrelga kamaygan. Dengiz transporti orqali neftni yetkazib berish esa 450 ming barrelga tushib ketgan.
O‘tgan yilning may oyigacha, AQSh Eron yadroviy kelishuvidan chiqib, Eronga nisbatan sanksiyalarni joriy etguniga qadar Tehron sutkasiga 2,6 million barrel neftni eksport qilgan.
2019-yilning may oyida esa AQSh sanksiyalari sabab Turkiya Erondan neft sotib olish hajmini sutkasiga 70 mingdan 30 mingga, Xitoy esa 100 mingdan 40 mingga tushirgan.
Izoh (0)