KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In konstitutsiyaga o‘zgarish kiritilganidan keyin rasman Shimoliy Koreya rahbariga aylandi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.
Ilgari KXDR Xalq oliy majlisi raisi Soy Ryon Xe davlatning nominal rahbari sanalardi. Ammo amalda aynan Kim Chen In yetakchi bo‘lgan.
Endilikda konstitutsiyaning 100-moddasida “KXDR Davlat kengashi raisi davlat nomidan ish ko‘radigan oliy rahbari hisoblanishi” belgilab qo‘yildi.
Izoh (0)