• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Samolyot zarbasiga chidaydigan AES, Bositxonova va blogerlar bahsi, qabuldagi qiyinchiliklar va portlatilmagan ko‘prik tarixi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada sodir bo‘lgan eng muhim va muhokamali voqealarni sharhlab o‘tadi.

    Haftaning eng shov-shuvli voqealaridan biri Xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi Elmira Bositxonovaning bozorchi ayollar ma’naviyat va ma’rifati haqidagi fikri hamda bozorlarda radiouzel orqali shoira Zulfiyaning she’rlari va hadislardan o‘qib berish taklifi bo‘ldi. Bositxonovaning chiqishini ijtimoiy tarmoq faollari tanqid va istehzolar bilan kutib oldi. Aksariyat blogerlar “ma’naviyat” atamasining siyqasi chiqib ketganini tilga olsa, ba’zilar tirikchilik qilayotgan bozorchi ayollarni ma’naviyatsizlikda ayblamasdan, avvalo aholi turmush farovonligini oshirish lozimligini ta’kidladi. Hafta oxirida Xotin-qizlar qo‘mitasi Bositxonovaning gapi noto‘g‘ri talqin etilayotgani va fikr kontekstdan uzib olinganini aytib, o‘z e’tirozini bildirdi.

    Elmira Bositxonova.

    Elmira Bositxonova.
    Foto: “UzNews.uz”

    * * *

    Bu yil OTMlarga kirish istagidagi abituriyentlar soni har yilgidan ko‘proq va qabul jarayoni qizg‘inroq o‘tayotgani kuzatilmoqda. Jazirama ob-havo esa bu tadbirni har ikki ma’noda qizdirmoqda. O‘ziga xos rekordlar ham qayd etildi, xususan, Termizda 78 yashar otaxon talaba bo‘lish uchun hujjat topshirgan. Davlat xizmatlari markazlarida hujjatlarni 24 soat davomida qabul qilish joriy etildi. Hujjat topshiruvchilar azbaroyi ko‘pligidan OTMlarda abituriyentlardan ariza qabul qilishning so‘nggi muddati uzaytirilishi mumkinligi aytildi. Ayni sababga ko‘ra DTM serverida muammo ham yuz berdi.

    Foto: O‘zA

    Bunday mislsiz chora-tadbirlar yurtimizda oliy ma’lumot olish istagidagi yoshlar (nafaqat yoshlar) soni faqat ortayotgani va talab-taklif o‘zaro nomutanosibligini anglatadi.

    * * *

    O‘zbekiston 2019-yilda gaz eksporti hajmini o‘tgan yilga nisbatan 15 foizga oshirishi to‘g‘risida “O‘zbekneftgaz” AJ ma’lum qildi. Biroq ijobiy mazmundagi xabar ham bor: endi gazni aholiga xususiy operatorlar sotishi mumkin bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev 9-iyulda imzolagan qarorda bu sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini kiritishni Energetika vazirligiga topshirgan. Bu gaz ta’minotini moliyaviy sog‘lomlashtirish sari qadam deb baholanmoqda.

    * * *

    Bundan avvalgi xabarimiz “O‘zbekneftgaz” AJda o‘tkazilayotgan islohotlarning bir qismi edi. Prezident qaroriga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ uchga bo‘lindi. Endi u tizimni boshqaradi, tabiiy gazni qazib oladi va qayta ishlaydi, “O‘ztransgaz” gaz yetkazib beradi, “Hududgazta’minot” hududiy gaz taqsimlash tarmoqlarini ekspluatatsiya qiladi va suyultirilgan gazni aholiga sotadi. Bundan tashqari boshqaruv tizimini takomillashtirishga doir boshqa o‘zgarishlar ham amalga oshiriladi.

    * * *

    Foto: Sputnik

    Hafta boshida kutilmaganda 1 kilogramm go‘sht narxi 60 ming so‘mgacha ko‘tarilishi kuzatildi. Buning sababi yem va ozuqa narxining oshishi deb talqin etilmoqda. Biroq rasmiylar bozordagi narxga aralashib, sun’iy ravishda pasaytirishga urinayotgani haqidagi xabarlar tarqala boshladi. Davlat statistika qo‘mitasining axborotiga ishonadigan bo‘lsak, 2019-yil 9-iyul holatiga ko‘ra bozorda mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) – 28 000 so‘mdan 48 000 so‘mgacha sotiladi.

    * * *

    Jizzax viloyatida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga qarama-qarshi munosabatlar bildirilmoqda. Shunga qaramasdan, o‘zbek AESining yana ikkita energobloki qurilishi e’lon qilindi. Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov AESimiz 9 balli zilzilaga ham bardosh berishi va ustiga samolyot qulaganda ham bemalol ishlayverishini ta’kidlab aholini ko‘ngilni to‘q qilishga chaqirdi. AES nomi O‘zbekiston deb atalishi mumkin. AES ishga tushgach Forish tumanidagi 2,5 ming kishi ish bilan ta’minlanadi. O‘zbek AESi yaqinida 50 ming kishiga mo‘ljallangan atomchilar shahri quriladi.

    * * *

    Ushbu haftada ikkita gaz koni ochildi. Biri Andijon viloyatidagi Chaqar koni bo‘lsa, ikkinchisi Mo‘ynoqdagi Oraliq konidir. Chaqarda 1710 metr chuqurlikdan sutkasiga 300 ming metr kub gaz olinmoqda. Oraliqda esa 3910 metrdan sutkasiga 700–800 ming metr kub gaz chiqmoqda. Bir haftada “O‘zbekneftgaz” ikkita kon ochishi kam uchraydigan quvonchli hodisadir. O‘zbekiston gaz qazib olish bo‘yicha dunyoda 10–12 o‘rinlarda turadi.

    * * *

    Foto: O‘zA

    Garchi yangiliklar sirasiga mansub bo‘lmasa ham. o‘qilishi lozim bo‘lgan suhbat-maqolani dayjestimizga qo‘shdik. Gap ilgari Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ismoil Jo‘rabekovning Hayraton ko‘prigi portlatilmay qolgani haqidagi xotiralari to‘g‘risida bormoqda. Ushbu maqola saytlarda eng ko‘p o‘qilganlar ro‘yxatida ko‘rindi. Ismoil Jo‘rabekovning aytishicha, mustaqillikning dastlabki yillarida qo‘shni Afg‘onistonda toliblar hokimiyatni olgan va natijada minglab qochqinlar O‘zbekistondan panoh topish ilinjida ko‘prikdan o‘tishni istagan. Biroq marhum prezident Islom Karimov mamlakat tinchligi uchun qochqinlarni o‘tkazmasdan, ko‘prikni portlatishni buyurgan. Ismoil Jo‘rabekov shunday murakkab vaziyatda qochqinlarni mamlakat ichkarisiga qaytarishning imkonini qilgan, qochqinlarga tahdid solgan qurolli jangarilar bilan muzokara o‘tkazib ularni shashtidan tushirgan hamda ko‘prikni asrab qolgan.

    * * *

    1-avgustdan oyliklar 10 foizga oshirilib, EKIH 223 ming so‘mga yetadi (hozir 202 730 so‘m). Eng kam yoshga doir pensiyalar va bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 so‘m (hozirda 396500 so‘m); zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan eng kam nafaqa oyiga 267 650 so‘m (hozirda 243 300 so‘m) miqdorida bo‘ladi.

    * * *

    Smartgov Consulting byurosi ijrochi direktori va jamoatchilik arbobi Aziza Umarova “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning monopoliyasi va narxlar qimmatligi bois aholi dengizga sayohatga borolmasligi mavzuini ko‘tarib chiqdi.

    Aziza Umarova.

    Aziza Umarova.
    Foto: “Podrobno.uz”

    “Aholining 95 foizi hayoti davomida dengizni ko‘rmay o‘tadi. Bunga kimdir o‘z hamyoni uchun ishlashni to‘xtatib, sog‘lom raqobatga ega aviatsiya bozorini qurish qiyinlik qilayotgani sabab bo‘lmoqda”, deydi Umarova. Biroq ayrim kanallar uning tanqidiga noxolis yondashdi. Umarovaning yozishicha, manfaatdor tomonlar unga qarshi kampaniya boshlagan.

    Foto: “Troll.uz”

    Biroq uning tanqidi asosli ekani va aviakompaniyamiz narxlari haqiqatan juda balandligi barchaga ayon hisoblanadi. Xususan, bloger Umid G‘afurov shu masalaga bag‘ishlangan video chiqarib, kompaniyaning adolatsiz narx siyosatini ochib tashladi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    14.07.2019, 19:01   Izoh (0)   39269
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istondagi YTHda ikki politsiyachi va bir O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

    14.07.2019, 18:17

    Buxoroda yechimini kutayotgan 4150 ga yaqin murojaat “yo‘l xaritasi”ga kiritildi

    14.07.2019, 18:10

    Yuliy Yusupov ijtimoiy tarmoqlardagi “trollar fabrikasi” haqida ogohlantirdi

    14.07.2019, 17:20

    O‘zbekistonda “Va’da” loyihasi ishga tushirildi. Bajarilmagan va’dalar qatoriga internet tezligi oshishi, hajga onlayn yozilish va boshqalar kiritilgan

    14.07.2019, 16:45

    Quyosh urganda nima qilish kerak?

    14.07.2019, 16:30

    Foto: Qibrayda daraxtlar kesilmoqda

    14.07.2019, 15:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.