Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga Surxondaryo viloyati, Angor tumani, “Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1941-yil 13-aprelda tug‘ilgan fuqaro Mamatqul Berdialiyev hujjat topshirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Qayd etilishicha, birinchi yo‘nalish sifatida “Mevachilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishi”ni, ikkinchisi “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, uchinchi esa “Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish” yo‘nalishlarini tanlagan.

Foto: O‘zA

Bundan avval Quva tumanida yashovchi 72 yoshli abituriyent — Toshtemir Xoliqov Farg‘ona davlat universitetining kunduzgi bo‘limida o‘qish uchun hujjat topshirgan edi. U 1947-yil 10-yanvarda tug‘ilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ma’lum qilishlaricha, joriy yilda respublika Oliy ta’lim muassasalariga abituriyent sifatida ro‘yxatga olinayotgan 50 yoshdan oshgan fuqarolar soni ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bunga sabab bu yildan boshlab, yoshga doir cheklovlarning amal qilmasligi bo‘ldi.