• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Quyosh urganda nima qilish kerak?

    Quyosh urishi — kuyishning bir turi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlarining inson bosh qismini qizitib yuborishi hisoblanadi. Biroq, issiq o‘tishi birdaniga sodir bo‘ladigan hodisa emas. Uning o‘ziga xos alomati mavjud — issiqdan silla qurishi. Bu jadallashuvchi jarayon bo‘lib, organizm haroratni nazorat qila olmayotgani va unga sovishga ko‘mak zarurligidan xabar beradi deb yozadi Zarnews.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Termik silla qurishini har xil holatlarga doir quyidagi alomatlar orqali aniqlash mumkin:

    • Oqargan, sovuq, xira teri;
    • Bosh aylanishi;
    • Bemajollik va ongning chalkashishi;
    • Ko‘z oldi qorong‘ilashish hissi;
    • Chuqur terlash;
    • Bosh og‘rishi;
    • Ko‘ngil aynishi, engil qayt qilish;
    • Yurak urishi tezlashishi;
    • Mushaklar siqilishi va ich ketishi;
    • Peshob rangining o‘zgarishi (to‘q).
    • Issiq urishining alomatlari
    Agar siz termik silla qurish belgilarini allaqachon boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz, holat issiq urishiga etgan bo‘lishi ham mumkin. Uning alomatlari yanada jiddiyroq tus oladi:
    • Tana harorati 40 °S dan ko‘tarilishi;
    • Nafas olishda qiyinchilikka duch kelish;
    • Og‘izda suv to‘planishi;
    • Bezgak tutishi;
    • Yurak urishida jiddiy buzilishlar;
    • Ichki organlarning issiqdan shok tufayli faoliyatini to‘xtatishi ehtimoli;
    • Miya ishlashida uzilishlar.
    Bularning bari o‘ta xavfli va nafaqat salomatlik, qolaversa hayot uchun tahlikalidir. Shuning uchun zudlik bilan qarshi choralar ko‘rish kerak va bu ikki holatga ham taalluqli.

    Termik silla qurishida birinchi yordam

    Agar gap issiq urishining faqat boshlang‘ich simptomlari haqida ketayotgan bo‘lsa, ilk vazifalar quyidagi tartibda bo‘ladi:

    • Jismoniy harakatni to‘xtatish;
    • Quyosh ostidan (issiq binodan) soyaga o‘tish, havo aylanishi engil bo‘lgan yoki konditsionerli xonaga kirish;
    • Iloji bo‘lsa kiyimlarni echish;
    • Peshonaga sovuq suvda namlangan doka yoki sochiq qo‘yish;
    • Kamida 1-2 stakan suv ichish. Bu organizmga suvsizlik holatidan chiqish va o‘zini sovitish xususiyatini tiklashga yordam beradi;
    • Regidron yoki sport izotonik ichimliklari ichish. Bunday ichimlik tarkibida metabolizm va asab tizimi funktsiyalari uchun muhim bo‘lgan elektrolitlar mavjud.
    Quyosh urgandagi birinchi yordam

    Agar sizni yoki atrofingizdagi odamlardan birortasini quyosh urgan bo‘lsa, o‘sha yerning o‘zida ko‘rsatilgan yordam samarali bo‘lmasligi mumkin. Qusish, yurak urishida buzilishlar aniqlansa, xushdan ketish xavfi bo‘lsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish kerak.

    Issiq urishi ortga surib bo‘lmaydigan tibbiy holat hisoblanadi, undan aziyat chekuvchi odam tezkor yordamga muhtoj.

    Tez yordam xodimlari yetib kelgunga qadar, termik silla qurishida asqotuvchi ko‘rsatmalarga amal qilib turgan ma’qul. Samaradorlikni oshirish uchun “og‘ir artilleriya”dan foydalansa ham bo‘ladi:

    • Bemor tanasiga yupqa matoga o‘ralgan muz qo‘ying (muzlatilgan meva-sabzavotlar ham bo‘lishi mumkin).
    • Tana haroratini tezroq pasaytirish uchun sovuq suvli vannaga tushish kerak. Faqat ahamiyat berish lozimki, bu holatda issiq urgan bemorga yordam beruvchi odamlar bo‘lishi kerak. Yolg‘iz bo‘lganda suvga tushish xavfli.
    Shifokorlar yetib kelishgach, bemor holatini baholashadi. Issiq urishida ko‘rsatilgan birinchi yordam yetarli natija bergan bo‘lsa, gospitalizatsiyaga hojat bo‘lmasligi ham mumkin. Tanadagi yo‘qotilgan elektrolitlar o‘rnini to‘ldirish uchun tomchi ukol buyuriladi, qon va siydik tahlillari, ichki organlar holatini o‘rganish uchun ultratovush tekshiruvidan o‘tish tavsiya qilinadi. Terapevt natijalarni ko‘rib chiqib, bundan keyin nima qilish kerakligi borasida o‘z maslahatlarini beradi.

    Xavfsizlik choralari

    Agar siz oftob urishidan aziyat chekkan bo‘lsangiz, yaqin haftalar davomida yuqori haroratga nisbatan sezuvchan bo‘lib qolasiz. Shuning uchun quyidagi xavfsizlik choralariga amal qiling.

    Ko‘proq suyuqlik ichingQuyosh ostida o‘tuvchi har bir soat uchun 2-4 piyola ichimlik (suv, meva yoki sabzavot sharbati) eng to‘g‘ri me’yor hisoblanadi, ayniqsa jaziramada jismoniy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lsangiz. Terlash davomida tanangizdagi namlik kamayib borishiga yo‘l qo‘ymang.

    • Kunning eng issiq vaqtlarida salqin joyda bo‘lishga harakat qiling Yoz kunlarida kunduzgi 11:00 dan 5:00 gacha vaqt oralig‘i eng xavfli hisoblanadi. Aynan shu davrda quyosh nurlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri tushishidan ehtiyot bo‘ling.
    • Yorqin rangdagi engil kiyim tanlang. Kiyimingiz iloji boricha keng va havo o‘tkazuvchan bo‘lishi kerak.
    • Bosh kiyimni unutmang. Shlyapa yoki panamalar oftob urishini qaytarishga qodir. Kepkalar issiq kunda maqbul tanlov emas, bosh kiyim yupqa va kattaroq bo‘lgani ma’qul.
    • Tez-tez sovuq suvli dush yoki vanna qabul qiling. Bu tana haroratini tushiradi.
    • Tarkibida alkogol yoki kofein bo‘lgan ichimliklar ichmang. Ular suvsizlik darajasini yanada oshiradi va qon tomirlarini taranglashtiradi. Buning natijasida tana kam terlaydi, sovishi qiyinlashadi.
    • Peshob rangini nazorat qiling. Rang to‘qlashishi tahlikali suvsizlikdan darak beradi.

    14.07.2019, 16:30   Izoh (0)   68651
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Qibrayda daraxtlar kesilmoqda

    14.07.2019, 15:57

    O‘zbekiston delegatsiyasi AQShda diniy erkinliklar bo‘yicha anjumanda ishtirok etadi

    14.07.2019, 15:01

    G‘allaorolda yuk mashinasi Damas ortidan borib urildi. YTHda yengil avtodagi er-xotin yaralandi

    14.07.2019, 14:45

    Xitoyning xorijiy korxonalarni rivojlantirish assotsiatsiyasi O‘zbekistonga investitsiya kiritadi

    14.07.2019, 14:32

    Masjid al-Harom va Masjid al-Nabavi ta‘mirlanmoqda (foto)

    14.07.2019, 12:59

    Abituriyentlar uchun yakshanba kuni ham qabul komissiyalari ishlaydi

    14.07.2019, 11:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.