Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasi deputatlarining Gruziyaga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifini ma’qullamadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, u bunday choralarga “Gruzin xalqiga bo‘lgan ehtiromi tufayli” qo‘l urmagan bo‘lardi.
“Rossiya va Gruziya o‘rtasida to‘laqonli munosabatlar o‘rnatilishi uchun ham bunga rahna solishi mumkin bo‘lgan hech narsaga shoshilmagan bo‘lardim”, — dedi Putin.
Rossiya prezidenti deputatlarning uni haqorat qilgan Georgiy Gabuniyani jinoiy javobgarlikka tortish tashabbusini ham qo‘llab-quvvatlamadi va buni jurnalist uchun “ortiqcha sharaf” deb atadi.
Izoh (0)