Yangi Toshkentda metro liniyasi 2026-yil oxiriga qadar qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, metro liniyasi uzunligi 8 kilometr bo‘lib, uchta bekatdan tashkil topadi va “Do‘stlik” bekatidan Yangi Toshkentgacha bo‘lgan yo‘nalishning bir qismi bo‘ladi.
Loyiha qiymati 110 mln dollarga baholangan. Qurilish investori sifatida Turkiyaning Hvav Yapi Sanayi Ve Tic. A.S. kompaniyasi ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni Yangi Toshkent shahriga metro yo‘li loyihasi bilan tanishgandi. U hozirgi “Do‘stlik” metro bekatidan boshlanib, yangi markazgacha borishi, uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat bo‘lishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yo‘lovchilarni qamrab ololishi ma’lum qilingandi.
Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqilgandi. Davlat rahbari qurilish sifati va madaniyatini oshirish, odamlarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.
Izoh (0)