• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport Shou-biznes

    Uzoq kutilgan to‘y: Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges qanday tanishgan?

    Bugun Jorjina Rodriges dunyo bo‘ylab millionlab qizlar orzu qiladigan hayot kechirmoqda. U sayyoramizning eng ko‘p havas qilinadigan erkaklaridan birining qalbini zabt etdi va Zolushka haqidagi ertak ba’zan haqiqatga aylanishi mumkinligini isbotladi. 11-avgust kuni Jorjina va Krishtianu Ronaldu tez orada turmush qurishlari ma’lum bo‘ldi: sportchi sevgilisiga qimmatbaho uzuk sovg‘a qildi.

    Foto: Legion Media
    Do‘kondagi uchrashuv

    Jorjina 1994-yilda oddiy oilada tug‘ilgan va keyinchalik bolaligini baxtli deb ta’riflagan bo‘lsa-da, aslida u mutlaqo beg‘ubor bo‘lmagan. Qizaloq juda kichkinaligida otasi ularni tashlab ketgan, shundan so‘ng onasi Jorjina va katta opasi bilan birga ona vatani Ispaniyaga qaytib, mamlakat shimolida joylashgan Xaka shahriga ko‘chib o‘tishgan.

    Otasi bir necha marta qamoqqa tushgan, jumladan taqiqlangan moddalar savdosi bilan ham. Onasi haqida esa undan ham oz ma’lumot mavjud. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u 2011-yilda vafot etgan. Jorjina erta ulg‘ayishga majbur bo‘ladi — voyaga yetmasidan oldin ofitsiantlik qilgan, 17 yoshida esa hayotini butunlay o‘zgartirishga qaror qilib, Ispaniyadan Britaniyaga ko‘chib o‘tadi.

    Foto: Legion Media

    Krishtianu va Jorjinaning taqdiri ko‘p jihatdan o‘xshash — ikkalasi ham oddiy oilada tug‘ilib, o‘z kuchi bilan muvaffaqiyatga erishgan. Garchi Rodriges haqida Ronaldudan ko‘ra kamroq bilsak-da, uning ham muvaffaqiyatga erishish yo‘li mashaqqatli bo‘lgan, ammo qiz orzular haqiqatdan ham ro‘yobga chiqishini isbotlay oldi.

    Jorjinaning asosiy maqsadi raqs bilan shug‘ullanish va ingliz tilini o‘rganish edi. Kun ko‘rish uchun esa uy ishlariga yordamchi bo‘lib ishga joylashadi. O‘shanda ham u moda olamida yoki shou-biznesda karyera qilishni orzu qilar va til bilmasdan turib, muvaffaqiyatga erishishi qiyin bo‘lishini anglardi.

    Foto: Legion Media

    Shundan so‘ng qiz Ispaniyaga qaytib, 2016-yilda Madriddagi Gucci do‘konida ishlay boshlaydi. Aynan shu joyda Jorjina Krishtianu bilan tanishadi. Bir kuni futbolchi brend tadbirlaridan biriga tashrif buyurganda, Rodriges ham u yerda edi. Keyinchalik Ronaldu qizga darhol e’tibor qaratganini va birinchi uchrashuvdan so‘ng uni xayolidan chiqara olmaganini tan olgan.

    Biroq bevosita tanishuv bir necha kundan keyin sodir bo‘ladi: Jorjina ishdan so‘ng do‘kondan chiqayotganida, futbolchi va uning do‘stlarini uchratib qoladi. Keyinroq bergan intervyusida u dastlab shunchalik xijolat bo‘lganini, hatto Krishtianuga qaray olmaganini, ammo ular o‘rtasidagi his-tuyg‘ular deyarli bir zumda alanga olganini eslaydi.

    Foto: Legion Media

    Ularning munosabatlari tez rivojlanadi — sevishganlar birinchi marta 2017-yilning yanvar oyida FIFA mukofotlari topshirish marosimida jamoatchilik oldida birgalikda paydo bo‘lishadi.

    Qiyinchiliklar va birgalikdagi hayot

    Krishtianu sevgilisini jamoatchilikka tanishtirgach, muammolar yuzaga kela boshlaydi. Futbolchining muxlislari Jorjinaning qayerda ishlashini aniqlab, uni suratga olish va o‘z kumirlari haqida savollar berish uchun butikka kela boshlaydi.

     
    Foto: Legion Media

    Bu boshqa sotuvchilarga ham, xaridorlarga ham xalaqit beradi — natijada rahbariyat Rodrigesni ishdan bo‘shatishga majbur bo‘ldi. Keyin u Prada do‘koniga ishga kirdi, ammo u yerda ham voqea takrorlandi: qiz yuqori e’tibordan yashirinishga majbur bo‘ldi.

    Foto: Legion Media

    Jorjina va Krishtianu tez orada birga yashay boshladilar — ular ijtimoiy tarmoqlarda birgalikdagi suratlarini joylashadi. 2017-yil iyun oyida esa futbolchining egizaklari — Yeva va Mateo dunyoga keladi. Ularni surrogat ona dunyoga keltirgan, Rodriges chaqaloqlarni o‘z farzandlaridek tarbiyalaydi.

    Umumiy farzandlar

    Yeva va Mateo tug‘ilganidan bir necha oy o‘tgach, 2017-yil noyabr oyida, Jorjina Alana Martina ismli qizini dunyoga keltiradi. Shundan so‘ng matbuotda ularning unashtiruvi haqidagi mish-mishlar tarqaladi. Juftlik bu xabarni na tasdiqladi, na inkor etadi.

    Foto: Legion Media

    Ayni shu paytda Rodriges atrofdagilar uni mashhur futbolchining shunchaki sevgilisi emas, balki mustaqil shaxs sifatida ko‘rishlari uchun karyerasini qurishga kirishadi. U modellik va inflyuenser sifatida faoliyat yurita boshlaydi, reklama kampaniyalarida ishtirok etadi, moliyaviy hisob-kitob kurslarini tamomlaydi hamda xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi.

    Foto: Legion Media

    Jorjina pul topishni yoqtirishini va buni sevgilisining aralashuvisiz, mustaqil ravishda amalga oshirishini yashirmaydi. 2022-yil aprel oyida model futbolchiga ikkinchi farzandi — qizi Bellani tuhfa qiladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, juftlik egizak kutayotgan ekan, biroq ikkinchi chaqaloq — o‘g‘il bola hayotdan ko‘z yumgan.

    Shuningdek, sevishganlar Ronalduning to‘ng‘ich o‘g‘li, 2010-yilda tug‘ilgan kichik Krishtianu hamda egizaklar Eva va Mateoni tarbiyalamoqda. Uchala farzandni ham surrogat ona dunyoga keltirgan. Futbolchi baxtli, chunki u doimo katta oilani orzu qilgan va Jorjina barcha bolalar qalbiga yo‘l topa olganini, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotganini ta’kidlaydi — Ronaldu uchun esa bu nihoyatda muhim.

    Foto: Legion Media

    Juftlikning atrofidagi ishonchli manbalarning aytishicha, Ronaldu yana farzand ko‘rishga qarshi emas, sevgilisi ham uni bu borada qo‘llab-quvvatlamoqda.

    Rodriges e’tirof etishicha, futbolchi uning barcha orzularini amalga oshirib, ertaklardagi ajoyib shahzodaga aylangan.

    Kelgusidagi to‘y
    Foto: Legion Media

    2024-yil iyulida Krishtianu videolarning birida modelni turmush o‘rtog‘i deb ataganida, u va Jorjina nikohdan o‘tgani haqidagi mish-mishlar to‘lqinini keltirib chiqargandi. Ronaldu sport zali bo‘ylab sayr qilib, o‘zini formada qanday saqlab turishini tushuntirar ekan, futbolchi “rafiqasi bilan” uyda mashq qilishni yoqtirishini ta’kidlaydi.

    Bu gap muxlislar e’tiboridan chetda qolmadi — ular ijtimoiy tarmoqlarda yulduzni izohlar va savollar bilan ko‘mib tashlashdi, ammo hech qanday javob ololmadilar. Bu voqeaga Ronalduning agenti ham oydinlik kirita olmadi, u “hozircha Krishtianuning Jorjinaga uylangani yoki yo‘qligini bilmasligini” tushuntirdi.

    Foto: Legion Media

    Barcha savollar 2025-yilning avgustida, Jorjina Ronaldu bilan unashtirilganini e’lon qilib, ulkan olmosli uzukni ko‘rsatganida barham topdi. Mutaxassislar fikricha, taqinchoqning qiymati 5 million dollargacha yetishi mumkin.

    Foto: Legion Media

    Rasmiy nikoh marosimi qachon o‘tkazilishi haqida juftlik hech narsa demagan. Ammo bu yilning yana bir eng zo‘r to‘yi bo‘lishi aniq.

    14 avgust, 15:52   Izoh (0)   1202
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yakka tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:25

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    “Afrosiyob” poyezdi relsiga beton tashlab, qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar uzoq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:12

    Ukraina dronlar bilan Rossiyaning Rostov va Belgorod shaharlariga zarbalar berdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:10

    Navoiyda ko‘chalarda drift qilgan “yo‘l polvoni” qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:00

    Anjelina Joli josus rolida: “Janob Smit va Smit xonim” rejissyori yangi film suratga oladi

    Kino | 14 avgust, 18:55

    Melaniya Tramp Baydenning o‘g‘lini sudga berishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 18:45

    HAMAS Isroil qo‘shinlarini olib chiqib ketish evaziga G‘azodagi jangchilarini chiqarishga tayyor — Al Arabiya

    Dunyo | 14 avgust, 18:30

    Sudanda vabo epidemiyasi: bir haftada 40 kishi vafot etdi

    Dunyo | 14 avgust, 18:10

    Abbosbek Fayzullayevning “Bashakshehir”dagi debyuti nega kechikayotgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 14 avgust, 18:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.