O‘zbekiston Rossiyani Su-30SM qiruvchi samolyotlarini sotib olish rejalari haqida xabardor qildi. Bu haqda “RIA Novosti” manbasi ma’lum qildi.
Agentlik manbasiga ko‘ra, Toshkent samolyotlarni Rossiya davlat eksport krediti hisobiga xarid qilmoqchi.
O‘zbekiston ushbu bitimga parvozlarni quruqlikda ta’minlash qurilmalari, nazorat-tekshiruv apparaturasi, ehtiyot qismlar, nishonga olish vositalari, shuningdek, uchuvchilar va muhandislik-texnik tarkibini o‘qitishni kiritishni rejalashtirgan.
Mazkur buyurtma yaqin orada Rossiya tomoniga yuborilishi bildirilmoqda.
Izoh (0)