Tbilisida tartibsizliklar oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“REN TV” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, u olgan jarohatlari natijasida kasalxonada vafot etgan.
Hozircha shaxsi aniqlanmagan marhum Gruziya poytaxtidagi tartibsizliklarning ilk qurboniga aylandi.
Shu bilan birga, namoyishchilarning politsiya bilan to‘qnashuvlari oqibatida 240 dan ortiq kishi jabrlandi.
Izoh (0)