Riga meri Daynis Turlays mazkur lavozimga saylanganidan uch hafta o‘tib iste’foga chiqarildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Latviya poytaxti parlamenti deputatlarining yarmi (60 kishidan 31 nafari) shu qaror uchun ovoz berdi.
Muxolifatga ko‘ra, Turlays sobiq mer Nil Ushakov va uning sobiq o‘rinbosari Andris Ameriksning odami bo‘lgan.
“Nihoyat Ushakov—Ameriks blokini yo‘q qilishga yaqinmiz. O‘shalar tufayli Rigada buzilgan ko‘priklar va korrupsiyaviy mojarolar”, — dedi muxolifat deputati Viyesturs Zeps.
Ma’lumot uchun, Nil Ushakov joriy yil 29-may kuni Yevroparlamentga ishlashga o‘tgani sababli Riga meri lavozimini tark etgandi.
Izoh (0)