Shavkat Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisidagi chiqishida Bishkekdagi ShHT sammitidan so‘ng uyushtirilgan mamlakatlar yetakchilarining norasmiy uchrashuvi haqida hikoya qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Mirziyoyevga ko‘ra, o‘zbekistonlik san’atkorlar ham ishtirok etgan konsertdan so‘ng davlat rahbarlari uchun norasmiy ziyofat tashkil etilgan. Rossiya prezidenti o‘zbek milliy liboslari, musiqasi va raqslari hayratda qolmaslik imkonsiz bo‘lgan tarixiy meros ekanligini ta’kidlagan.
Davrada o‘tirgan Xitoy rahbari Si Szinpin ham Putinning gapini ma’qullagan va o‘zbek madaniyatini hech qaysi millatnikiga taqqoslab bo‘lmasligini bildirgan.
Mirziyoyev Senat majlisi ishtirokchilariga o‘zbek millati haqida yaxshi gaplarni eshitish u uchun juda maroqli bo‘lganini bildirgan va “O‘sha vaqt ikkalasi ham ko‘zimga yaxshi ko‘rinib ketdi”, degan.
Izoh (0)