• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Deputatlar fikri: Maktablarga pullik qabullarning joriy qilish Konstitutsiyaga zid!

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Abdurashid Abduqodirov va Rasul Kusherboyev Konstitutsiya va qonun normasiga zid hujjatlar qabul qilinayotganiga e’tiroz bildirmoqda, deb yozadi O‘zA. Deputatlarning fikrlari quyida to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    • Birinchi e’tiroz: tegishli maktabga qabul qilish faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishi. Bu axir, xalqning yaqinini uzoq, yengilini og‘ir qilish emasmi?

    • Ikkinchi e’tiroz: Maktablarga hududlarning biriktirish bo‘yicha biror bir mezonlarni belgilamasdan turib, hokimliklarga umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni tasdiqlash vakolatini berishning nima keragi bor?

    • Uchinchi e’tiroz: Nima uchun asosiy kvotaga ta’lim berish tilini inobatga olgan holda tegishli ta’lim muassasasiga eng yaqin manzilda joylashgan xonadonlarda yashovchi bolalar to‘liq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilmayapti?

    • To‘rtinchi e’tiroz: Nima uchun 6 yoshga to‘lgan, biroq, tegishli yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga to‘lmagan bolalarni asosiy kvota asosida bepul asosda qabul qilinishi nazarda tutilmagan? ...Bular amaldagi Konstitutsiya va qonun normasiga, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom talablariga zidku?

    • Beshinchi e’tiroz: Nega, tegishli umumta’lim muassasasiga yo‘llanmaga ega va bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomada o‘qishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda (sog‘lom ekanligi ko‘rsatilganda) bolani tegishli umumta’lim muassasasiga qabul qilinishi shart ekanligi va hech qanday asosda bunday bolalarni maktabga qabul qilishni rad etish mumkin emasligi ko‘rsatib qo‘yilmagan?

    • Oltinchi e’tiroz: Toshkent shahrida to‘lov evaziga bir qator maktablarga qabul qilinishi belgilangan bu tartib jamiyatda aholini boy va kambag‘alga ajratishning hukumat hujjati bilan qo‘llab-quvvatlangan oshkora ko‘rinishiga olib kelmaydimi?

    Hammamiz guvohi bo‘layotganimizdek, so‘nggi vaqtlarda e’lon qilinayotgan yangi qonun va qarorlar aholi, jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalari bo‘lib o‘tmoqda. Bunda ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniya, bosma nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni juda katta bo‘layotganligini ham e’tirof etish zarur.

    Ta’limda korrupsiyaning oldini olishmi yoki taka bo‘lsin, sut bersinmi?

    Eng muhimi, bu kabi muhokamalar jarayonida xalqimizning bildirayotgan haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan hujjatlar bo‘yicha, vakolatli davlat organlari tomonidan ushbu e’tirozlarni o‘rinli deb topib, tegishli normativ huquqiy xujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganligi, albatta, jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlardan darak beradi.

    Lekin, xalqning e’tiroziga sabab bo‘ladigan qarorlarning qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholining bu kabi haqli e’tirozini uyg‘otadigan qarorlar qabul qilinishini oldini olish yana ham yaxshiroq bo‘lar edi, albatta.

    Biroq....

    Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 7-iyunda e’lon qilingan “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №-469 sonli qarori ko‘pchilik fuqarolarimizning e’tirozlariga, jamoatchilikning qizg‘in muhokamalariga sabab bo‘ldi. Ushbu Vazirlar Mahkamasining qarori yuzasidan ko‘plab yurtdoshlarimiz, saylovchilarimiz o‘zlarining e’tirozlarini bildirib, ushbu masalada yordam so‘rab murojaat qilmoqdalar.

    Xo‘sh,ushbu qarorda nimalar ko‘zda tutilgan va e’tirozlarga nimalar sabab bo‘ldi?

    Avvalo, ushbu qarorda 2019—2020-o‘quv yili uchun bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish 2019-yil 20-iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqichma-bosqich joriy etilishi nazarda tutilgan.

    Birinchi e’tiroz: tegishli maktabga qabul qilish faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishi nazarda tutilgan. Ko‘pchilik aholini yashash manzili esa Davlat xizmatlari markazi joylashgan yerdan ko‘ra o‘sha maktabga yaqinroq. Biroq, nega o‘sha maktabga yaqinroq yerdagi aholiga asosiy kvota bo‘yicha ushbu ta’lim muassasaning o‘ziga borib to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati berilmayapti. Bu axir, xalqning yaqinini uzoq, yengilini og‘ir qilish emasmi?

    Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq tuman (shahar) hokimliklari zaruratga ko‘ra tegishli yilning 1-yanvariga qadar umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni tasdiqlashi belgilangan.

    Ikkinchi e’tiroz: Maktablarga hududlarning biriktirish bo‘yicha biror bir mezonlarni belgilamasdan turib, hokimliklarga umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni tasdiqlash vakolatini berishning nima keragi bor? Shundoq ham, hokimiyatlarga berilgan vakolatlardan noqonuniy manfaatlarda foydalanilayotgan holatlariga misollar yetarlicha emasmi? Buning o‘rniga, ta’lim berish tilini inobatga olgan holda tegishli ta’lim muassasasiga eng yaqin manzilda joylashgan xonadonlar o‘sha umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hudud deb hisoblanishini; bunda, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, shu maktabda akasi yoki singlisi o‘qiyotgan bolalar uchun ustuvorlikni belgilash to‘g‘ri va adolatli emasmi?

    Qaror bilan qabul qilingan reglamentda qabul kvotasi asosiy va qo‘shimcha kvota turlariga ajratilgan:

    Asosiy kvota — tuman (shahar) hokimliklari tomonidan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonini inobatga olgan holda shakllantiriladi;

    Qo‘shimcha kvota — umumta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi, mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan, ya’ni tegishli yilning 1-yanvaridan 31-avgustiga qadar 7 yoshga to‘lmaydigan bolalar (tegishli yilning 1-sentabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan), shuningdek, umumta’lim muassasalarida ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar uchun ajratiladi.

    Shuningdek, ushbu reglamentdagi asosiy kvota asosida qabul qilish tartibiga ko‘ra umumta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha tegishli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoshga to‘ladigan bolalar qabul qilinishi nazarda tutilgan.

    Uchinchi e’tiroz: Nima uchun asosiy kvotaga ta’lim berish tilini inobatga olgan holda tegishli ta’lim muassasasiga eng yaqin manzilda joylashgan xonadonlarda yashovchi bolalar to‘liq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilmayapti? Bunda boshqa tilda ta’lim beruvchi maktabga ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lgan bolalar nega ko‘rsatilmagan?

    Mamlakat Konstitutsiyasining 41-moddasida bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi, shuningdek, amaldagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan (Garchi ushbu qonun bugungi kun talabidan kelib chiqib aytganda, yangi tahrirga muhtoj bo‘lsada, bu qonun hali bekor qilinmagan).

    Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi NIZOMda, jumladan, Davlat umumta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshirilishi;

    Davlat ta’lim standartlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning maqsadi hisoblanishi;

    Umumta’lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanishi;

    Umumta’lim muassasalarining 1-sinfiga 6—7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinishi;

    Tegishli yilning 31-avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilishi belgilangan.

    To‘rtinchi e’tiroz: Yuqoridagilardan kelib chiqib, nima uchun 6 yoshga to‘lgan, biroq, tegishli yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga to‘lmagan bolalarni asosiy kvota asosida bepul asosda qabul qilinishi nazarda tutilmagan? Bu yoshdagi bolalarni asosiy kvota asosida qabul qilinmasligi hamda ularni faqat ma’lum miqdordagi pul evaziga qo‘shimcha kvota asosida qabul qilinishi amaldagi konstitutsiyamiz va qonun normasiga zidku! Qolaversa, ushbu reglamentdagi belgilangan bu kabi qoidalar, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom talablariga ham mos kelmaydiku?

    Reglamentga ko‘ra, bolalarni umumta’lim muassasalariga yo‘llanmalar mavjud bo‘lmaganda rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi hamda bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomada o‘qishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda (sog‘lom ekanligi ko‘rsatilganda) bola umumta’lim muassasasiga qabul qilinishi belgilangan.

    Beshinchi e’tiroz: Nega, tegishli umumta’lim muassasasiga yo‘llanmaga ega va bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomada o‘qishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda (sog‘lom ekanligi ko‘rsatilganda) bolani tegishli umumta’lim muassasasiga qabul qilinishi shart ekanligi va hech qanday asosda bunday bolalarni maktabga qabul qilishni rad etish mumkin emasligi ko‘rsatib qo‘yilmagan? Bu kabi majburiyat belgilanmaganligidan ta’magirlik maqsadida foydalanadiganlar topilmaydimi, axir?

    Ushbu qaror bilan, 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladigan ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan. Shuningdek, Reglamentga ko‘ra, qo‘shimcha kvota umumta’lim muassasalarining imkoniyatidan kelib chiqib, umumta’lim muassasasining o‘quvchilarni qabul qilish uchun malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib Kuzatuv kengashining tavsiyasi va umumta’lim muassasasi rahbarining buyurtmasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

    Oltinchi e’tiroz: Toshkent shahrida to‘lov evaziga bir qator maktablarga qabul qilinishi belgilangan bu tartib jamiyatimizda aholini boy va kambag‘alga ajratishning hukumat hujjati bilan qo‘llab-quvvatlangan oshkora ko‘rinishiga olib kelmaydimi? Umumiy ta’limning bepul ekanligi bo‘yicha mavjud Konchtitutsiyaviy prinsipga va konstitutsiyaviy huquqga putur yetkazibgina qolmay, jamiyatimizni kuchli tabaqalashtirilishiga olib kelmaydimi? Bu tartib korrupsiyaning oldini olish emas, balki, korrupsiyaga yo‘l qo‘yib kelgan ta’lim muassasalari mas’ullarining o‘tmishdagi ishini berkitish va qonuniylashtirish deganiku! Aslida, bunga yo‘l qo‘yganlar qonun oldida javob berishlari kerak!

    Bundan tashqari, ushbu ro‘yxatga kiritilgan aksariyat (balki barchasi ham bo‘lishi mumkin) umumta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarning soni ushbu muassasalarning quvvatidan deyarli ikki barobarga ko‘p bo‘lib, ikki smenada o‘qish tashkil etilganku. Shuningdek, ushbu muassasalarning aksariyatida ko‘plab fan o‘qituvchilari bo‘yicha ham vakant ish o‘rinlari mavjud. Nima uchun, reglament talablariga javob bermaydigan, ya’ni, quvvatidan o‘quvchilari soni ko‘p bo‘lgan, ikki smenada o‘qish tashkil etilgan va fan o‘qituvchilari bo‘yicha o‘qituvchilar yetishmaydigan umumta’lim muassasalari qo‘shimcha kvota asosida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan muassasalar ro‘yxatiga kiritilgan? Nima uchun, xalqimizning asosiy kvota hisoblanadigan farzandlari qo‘shimcha pullik kvota asosda qabul qilingan o‘quvchilar hisobiga ikkinchi smenada o‘qishi kerak? Bu kabi holatlar ta’lim sifatiga ham salbiy ta’sir qilishi aniqku?

    Xulosa o‘rnida: tegishli yilning 1-sentabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan hamda bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomada o‘qishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan barcha bolalarni tegishli maktabga qabul qilishda aholiga asosiy kvota bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri tegishli ta’lim muassasasiga murojaat qilish imkoniyati berish;

    Ta’lim berish tilini inobatga olgan holda tegishli ta’lim muassasasiga eng yaqin manzilda joylashgan xonadonlar o‘sha umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hudud deb hisoblanishi; bunda, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, shu maktabda oilaning boshqa farzanlari o‘qiyotgan bolalar uchun ustuvorlikni belgilash;

    Boshqa tilda ta’lim beruvchi maktabga ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lgan bolalar asosiy kvotani tashkil etib, bunda, tegishli ta’lim muassassasiga eng yaqin manzildagi xonadon farzanlariga, otasi yoki onasi I guruh nogironi bo‘lgan hamda yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, shu maktabda oilaning boshqa farzandi o‘qiyotgan bolalar uchun ustuvorlikni belgilash;

    Qo‘shimcha kvota bo‘yicha umumta’lim muassasalariga qabul qilish uchun mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan hamda tegishli yilning 1-sentabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan hamda bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomada o‘qishga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan barcha bolalarni tegishli umumta’lim muassasalarida 15-avgustga qadar kelib tushgan arizalar asosida ro‘yxatini shakllantirish; bunda, sinflardagi o‘quvchilar sonini 35 tadan oshib ketishiga, ikki smenadan ortiq smenada mashg‘ulotlar olib borilishiga yo‘l qo‘ymasdan (keyinchalik bunday maktablar uchun qo‘shimcha binolar qurishni nazarda tutgan holda), zarur hollarda tegishli moliya bo‘limlari orqali yangi tashkil etiladigan sinflar bo‘yicha moliyalashtirish ishlarini hal etgan holda qo‘shimcha qabulni 31 avgustga qadar yakunlash. Bunda, bolalarning yashash manzilini tegishli maktabga qanchalik yaqinligiga hamda ustuvorlik huquqiga qat’iy amal qilinishi shart. Qo‘shimcha kvota bo‘yicha umumta’lim muassasalariga qabul qilishni to‘liq bepul asosda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    So‘ngi so‘z o‘rnida: Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 10 millionga yaqin farzandari maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi bilan qamrab olingan. Bizning ham farzandlarimiz maktabgacha ta’lim muassasasida, umumta’lim maktabida, oliy ta’lim muassasida ta’lim olmoqdalar.

    Ushbu farzandlarimiz umrining dastlabki 20 yillari o‘zining kelajagi uchun poydevor qurish vazifasini bajarishi kerak bo‘lgan ta’lim muassasalarida o‘tmoqda. Biroq, mamlakatimiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida poraxo‘rlik, ta’magirlik, tanish-bilishchilik kabi illatlar saqlanib qolmoqda. Boshqaruv tizimida ko‘p hollarda mutlaqo noloyiq, mavjud muammo va kamchiliklardan bexabar yoki ularga befarq, salohiyatsiz rahbarlar ishlab kelmoqda. Mavjud muammolarni hal etishning eng birinchi zaruriy sharti bu-o‘sha muammolarni mavjudligini tan olish bo‘lsa, ikkinchi muhim shart o‘sha muammolarni hal etishda jamoatchilik muhokamalari asosida to‘g‘ri chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘lgani holda, aksariyat hollarda muammolarni yo‘qdek qilib ko‘rsatish, berkitish kabi holatlar mavjud. Bugungi kunda, davlat rahbari tomonidan barcha sohalardagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan katta imkoniyatlar, vakolatlar berilmoqda. Foydalanimayotgan ko‘plab ichki imkoniyatlar mavjud. Bularni inobatga oladigan bo‘lsak, ta’lim tizimida saqlanib qolayotgan ko‘plab muammolardan kelib chiqib, ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha bo‘g‘indagi mas’ul rahbarlarning faoliyatini qoniqarsiz deb baholash mumkin.

    Men, siz va boshqa yurtdoshlarimiz o‘z farzandlarimizning kelajagini, haqiqatan ham, porloq bo‘lishini, ularni bilimli, sog‘lom va albatta, baxtli bo‘lishini chin yurakdan istaymiz. Ushbu ezgu orzularimizga barcha farzanlarimiz uchun birdek sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘ysakkina erisha olamiz? Shunday emasmi?

    17.06.2019, 13:40   Izoh (0)   18596
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bektemir tumanidagi avtoturargohda yong‘in sodir bo‘ldi

    17.06.2019, 13:30

    Toshkentdagi Amiti universitetiga rektor tayinlandi

    17.06.2019, 13:23

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    17.06.2019, 13:13

    Buxoroda pora ustida qo‘lga olingan IIB xodimi ozodlikdan mahrum etildi

    17.06.2019, 13:02

    Surxondaryo viloyati IIB tomonidan o‘tkazilgan reydda qoidabuzar haydovchilardan 1 mlrd 200 mln so‘mdan ortiq jarima undirildi

    17.06.2019, 11:32

    Buxoroning markaziy tumanlarida “Kitobxon shahar” loyihasi doirasida kitob javonlari o‘rnatildi (foto)

    17.06.2019, 10:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Yunayted” Vinisius uchun “Real”ga 200 mln yevro taklif qilishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 23:00

    O‘zbekistonda bir yilga mo‘ljallangan gaz subsidiyasi olti oyda to‘lab bo‘lindi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 23:00

    Yaponiyada kanalizatsiya quvurlarini ko‘zdan kechirish chog‘ida to‘rt erkak halok bo‘ldi

    Dunyo | 4 avgust, 22:50

    Jizzaxda Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan fuqaro sud qilindi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 22:42

    “Rossiya neftini xarid qilgani uchun AQSH Hindistonga nisbatan bojxona to‘lovlarini sezilarli darajada oshiradi” — Tramp

    Dunyo | 4 avgust, 22:31

    O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijlik talabalar soni ortdi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 22:20

    Termizda qarz tufayli qotillikka qo‘l urgan qimorboz 18,5 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 21:58

    Andijonda o‘qituvchilar taʼmirlagan maktab direktori ishdan olindi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 21:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.