Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev tashabbusi bilan “Kitobxon shahar” loyihasi amalga oshirildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Shaharning markaziy tumanlarida o‘rnatilgan kitob javonlaridan bemalol kitobni olib mutolaa qilish yoki kitob qoldirish mumkin. Asosiysi, shaharliklar shahar hokimligining ushbu xizmatidan faol ravishda foydalanmoqda.
Yangiliklardan yana biri – elektron kutubxonadir. Tashkil etilgan Wi-Fi hududlardagi Smart Book Challenge ustunlari oldida QR-kod yordamida kitobni smartfon yoki planshetga yuklab olish mumkin.
Izoh (0)