O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yil 18-iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 17 so‘m 6 tiyinga qimmatlashib, 8535 so‘m 74 tiyinga yetgan.
Yevro kursi esa 86 so‘m 52 tiyinga arzonlashib, 9566 so‘mni tashkil etmoqda.
Bir Rossiya rubli esa 1 so‘m, 24 tiyinga qimmatlashib, 132 so‘m 57 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 101 so‘m 19 tiyinga arzonlashib, 10 746 so‘m, 50 tiyinni tashkil qilmoqda.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)