• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda pora ustida qo‘lga olingan IIB xodimi ozodlikdan mahrum etildi

    2017-yildan boshlab Qorako‘l tuman IIB HPB profilaktika inspektori lavozimida ishlab kelgan olotlik fuqaro Nurali Bekov xizmat vazifasidan foydalanib, tamagirlik yo‘li bilan pora olish jinoyatini sodir qilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi raisi Jalol Sadirovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Nurali Bekov jinoyat ustida qo‘lga olinib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilgan.

    Foto: “Zamin.uz”

    Foto: “Zamin.uz”

    Holatga ko‘ra, 2018-yilning dekabr oyida Qorako‘l tumanidagi “Diyor” choyxonasiga ovqatlangani kelgan fuqarolar G‘.A. va E.R. spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Oqibatda kafe ishchisi N.T. ismli ayol bilan janjal sodir qilgan. G‘.A. ayolni haqoratlagan va urgan. Ushbu yuzasidan N.T. tumandagi “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Gulobod” ko‘chasida joylashgan ichki ishlar organlari tayanch punktiga borgan va IIB HPB profilaktika inspektori Nurali Bekovga shikoyat arizasini qoldirgan. Inspektor xizmat vazifasi va O‘zbekiston Respublikasi MJTKning talabiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan bayonnoma yuritib, hujjatlarni belgilangan tartibda va muddatda sudga jo‘natishi lozim bo‘lgan. Biroq g‘araz yo‘l bilan javobgar tomondan 400 ming so‘m undirish maqsadida ish yurituvidagi 2018-yil 8-dekabrda tuzilgan ma’muriy bayonnomani 2019-yil 17-yanvar kuniga qadar sudga topshirmagan.

    Ma’muriy bayonnoma bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan javobgarlikka tortilayotgan G‘.A.ga, “Agar 400 ming so‘m pul bersang, jabrlanuvchidan da’vosi yo‘qligi to‘g‘risida ariza olaman, yo‘qsa, ishni sudga taqdim qilaman. Sud qaroriga ko‘ra, 15 sutkaga qamalasan”, — deya qo‘rqitib, uni pora berishga majbur qilib kelgan.

    Kam ta’minlangan va nochor fuqaro IIB HPB profilaktika inspektori talab qilayotgan pulni to‘play olmagan. Nurali Bekov qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilib, 400 000 so‘m miqdoridagi pulni talab qilib chaqiravergach, G‘.A. uning xizmat xonasiga kelib, o‘zining Toshkentga pul ishlash uchun ketganini, biroq yetarlicha mablag‘ to‘play olmaganini tushuntirgan. Nurali Bekov esa o‘z xizmat xonasi derazasi oynasiga parda o‘rnatishini va pulini to‘lashni esa G‘.A. zimmasiga “yuklagan”.

    Oradan bir necha kun o‘tgach, inspektor xodimi G‘.A.ga yana qo‘ng‘iroq qilib, o‘z xizmat xonasi derazasiga parda o‘rnatgani va zudlik bilan kelib, uning pulini to‘lab ketishini talab qila boshlagan. O‘zi va oilasini boqish uchun topayotgan xarajatidan orttira olmayotgan fuqaro G‘.A. inspektor talab qilayotgan 400 000 so‘m miqdoridagi pulni to‘play olmagach, DXX Olot tuman bo‘linmasi boshlig‘i nomiga holat yuzasidan ariza yozishga majbur bo‘lgan. 2019-yilning 15-yanvar kuni ushbu ariza yuzasidan DXX va IIB xodimlari tomonidan nazorat tariqasida G‘.A.ga 200 ming so‘m pul berilgan. Javobgar shaxs bu pullarni IIB profilaktika inspektori Nurali Bekovning xizmat xonasiga olib borgan. Biroq Nurali Bekov “Bu pullaringni olmayman, 400 ming so‘mni to‘liq qilib kelmasang, 15 sutkaga qamalasan!” — degan tahdid va qo‘rqituv bilan o‘zining xizmat xonasidan chiqarib yuborgan.

    Shundan so‘ng tuman IIB, prokuratura va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, javobgar shaxsga kimyoviy ishlov berilgan 400 ming so‘m pullar berilgan. IIB HPB profilaktika inspektori Nurali Bekov G‘.A.ni pora berishga majbur etadigan sharoitga qasddan undovchi xatti-harakati bilan jinoyat ustida qo‘lga olingan.

    2019-yilning 25-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Nurali Bekov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 210-moddasi 2-qismining “v” bandi (Tamagirlik yo‘li bilan pora olish) bilan aybdor deb topilgan. Unga nisbatan Jinoyat Kodeksi 57-moddasini qo‘llanilib, 2 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etilib, 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    17.06.2019, 13:02   Izoh (0)   29983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryo viloyati IIB tomonidan o‘tkazilgan reydda qoidabuzar haydovchilardan 1 mlrd 200 mln so‘mdan ortiq jarima undirildi

    17.06.2019, 11:32

    Buxoroning markaziy tumanlarida “Kitobxon shahar” loyihasi doirasida kitob javonlari o‘rnatildi (foto)

    17.06.2019, 10:54

    Samarqand aholisiga universitet xiyobonini yangilash loyihasi ma’qul bo‘lmadi

    17.06.2019, 10:25

    Navoiyda eshik panjarasi orasiga boshi tiqilib qolgan 6 yoshli bola qutqarildi (foto)

    17.06.2019, 10:21

    Pasporti yo‘qolgan yoki almashtirish uchun topshirgan abituriyentlar nima qiladi?

    17.06.2019, 09:29

    Toshkentdagi bekatlarga elektron tablolarni o‘rnatish boshlandi

    17.06.2019, 09:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda amaldor aeroport xodimlari yuk haqini to‘lashni so‘ragani uchun ularning suyaklarini sindirdi (video)

    Dunyo | 5 avgust, 00:10

    Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 132 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 4 avgust, 23:50

    Al-Aqso masjidiga bostirib kirish barcha musulmonlarga qarshi qilingan tahdiddir — Falastin hukumati

    Dunyo | 4 avgust, 23:40

    Andijonda fuqaro xonadonida noqonuniy “gaz bunkeri” aniqlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:30

    Toshkent viloyatida yosh o‘qituvchilar uchun 45 kunlik intensiv kurs yakunlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:21

    Apple Siri ishlab chiquvchilar jamoasini qayta tuzishga va ChatGPT’ga raqobatchi yaratishga qaror qildi

    Dunyo | 4 avgust, 23:10

    O‘zbekistonda bir yilga mo‘ljallangan gaz subsidiyasi olti oyda to‘lab bo‘lindi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 23:00

    “Manchester Yunayted” Vinisius uchun “Real”ga 200 mln yevro taklif qilishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.