Davlat xizmatlari agentligi bir qator xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri etib tayinlandi, deb xabar berdi O‘zA.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga ko‘ra, Murodilla Eshnazarov Qashqadaryo viloyatidagi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri lavozimini bajaruvchi etib tayinlandi.
Murodilla Eshnazarov shu kunga qadar Davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga ko‘ra, Akmal Turobov Samarqand viloyatidagi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri lavozimini bajaruvchi etib tayinlandi.
Akmal Turobov shu kunga qadar Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga ko‘ra, Umidjon Rasulov Sirdaryo viloyatidagi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri lavozimini bajaruvchi etib tayinlandi.
Umidjon Rasulov shu kunga qadar Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)