AQSh noyabr oyiga qadar “asr kelishuvi” nomini olgan Yaqin Sharqni barqarorlashtirish rejasining siyosiy qismini e’lon qilmaydi. Bu haqda AQSh maxsus vakili Jeyson Grinblattga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Maxsus vakilning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyati mazkur rejani yoz faslida ommaga e’lon qilishni xohlagan. Biroq rejaga Isroilda bo‘lib o‘tadigan yangi saylovlar sabab tuzatish kiritiladi.
Grinblattning qayd etishicha, “asr kelishuvi” AQShdagi saylovoldi kampaniyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
AQSh Donald Tramp prezident etib saylanganidan buyon Yaqin Sharqni barqarorlashtirish bo‘yicha “asr kelishuvi” deb nomlangan dasturni ishlab chiqmoqda.
Izoh (0)