14-iyun kechasi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitining a’zolari uchun “Do‘stlik kechasi”ni uyushtirdi, deb xabar beradi Tengrinews.
Oliy martabali mehmonlar Tojikiston prezidentining Dushanbe shahri yaqinidagi qarorgohida kutib olindi.
Sammitda 27 ta davlat yetakchilari, xususan, Vladimir Putin, Si Szinpin, Xasan Ruhoniy, Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Shavkat Mirziyoyev va boshqalar ishtirok etdi.
Emomali Rahmonning matbuot xizmati mazkur sammitni o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translayatsiya qilib turdi. Videodan ko‘rish mumkinki, uchrashuv ko‘tarinki kayfiyat ruhida bo‘lib o‘tgan.
Izoh (0)