Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning rafiqasi Sara 4 yillik sud muhokamalaridan so‘ng korrupsiyada aybdor deb topildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Sara Netanyaxu bosh vazir qarorgohida maosh olib ishlovchi oshpaz bo‘lsa-da, davlat hisobidan restoranlarga taomlar buyurtma berganlikda ayblandi.
U 55 ming shekel (15 ming dollardan ko‘proq) jarimaga hukm qilindi.
Tergov va Sara Netanyaxu o‘rtasida aybini tan olish bo‘yicha kelishuvga erishilgani sababli u firibgarlikda ayblov va hozirgidan bir necha karra ko‘p jarimadan qutulib qoldi.
Izoh (0)