Hindiston shimoli-sharqidagi Bixar shtatida jazirama tufayli kamida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qurbonlarning eng ko‘pi — 25 kishi Aurangobod okrugiga, qolgan 4 kishi Navada va Gayya okruglariga to‘g‘ri kelmoqda. Yana 30 nafardan oshiq kishi kasalxonalarga yotqizilgan.
Bixarda oxirgi bir necha hafta davomida termometr ustuni 40 darajadan pastga tushgani yo‘q. Nyu-Dehlida esa harorat 50 darajadan oshib ketdi va Hindiston poytaxti tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.
Izoh (0)