Yaponiyaning Osaka shahrida 28—29-iyun kunlari 30 mingdan ortiq kishi, xususan, davlat rahbarlari, delegatsiya a’zolari va jurnalistlar ishtirok etadigan sammit o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. “RIA Novositi”ning yozishicha, ular xavfsizligini 25 ming nafar politsiyachilar ta’minlaydi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, 2019-yilning may oyida birgina AQSh prezidenti Donald Tramp tashrifi vaqtida uning xavfsizligini ta’minlash uchun xuddi shuncha politsiyachi jalb etilgan edi.
Sammit o‘tkazilishi munosabati bilan shaharda transport uchun jiddiy cheklovlar o‘rnatiladi. Shuningdek, yirik temiryo‘l stansiyalarida yuk saqlash xonalaridan foydalanish taqiqlanadi. Osaka markaziy vokzali va sammit o‘tkaziladigan hududdagi ko‘chalardan barcha chiqindi tashlash idishlari chiqarib tashlanadi.
May oxiridan boshlab aksariyat do‘konlar va maktab va bog‘cha darvozlarida sammit tufayli kutilayotgan cheklovlar haqida e’lonlar osib qo‘yilgan. Ko‘pchilik do‘konlar “katta yigirmatalik” yetakchilari uchrashuvi kunlari butunlay yopilishni afzal ko‘rgan.
Izoh (0)