Afg‘oniston maxsus kuchlari bo‘linmalari respublikaning janubi-sharqida joylashgan Zabul provinsiyasida operatsiya davomida “Tolibon” radikal harakati 11 jangarilarini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Qayd etilishicha, operatsiya davomida ikki nafar jangari ham qo‘lga olingan.
Xavfsizlik kuchlari xodimlari yoki tinch aholi o‘rtasida jabrlanuvchilar yoki qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Afg‘onistonda muntazam jangovar to‘qnashuvlar ro‘y bermoqda. Mamlakat hududining 50 foizidan ko‘prog‘i “Tolibon” nazorati ostida.
Izoh (0)