Butun MDH davlatlari bo‘ylab eng kam oylik ish haqini Tojikiston fuqarolari olishi ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislar o‘tkazgan tadqiqot natijalari bundan darak bermoqda, deb yozadi “SNG.fm”.
2019-yilning iyun oyida chop etilgan ma’lumotlar yilning ikki choragi yakunlariga asoslangan.
Aprel oyida Tojikiston fuqarosi o‘rta hisobda 145 dollar ishlab topgan, bu esa 1364 somoni degani. Bu haqda MDH davlatlararo statikstika qo‘mitasi xabar bergan.
Tojikisto prezidenti Emomali Rahmon 2018-yilda oyliklarni oshirishga va’da bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, budjet tashkilotlarining oyliklari 10—15 foizga oshishi kerak edi.
2019-yilda budjet tashkilotlari xodimlarining oyligi 2018-yil bilan solishtirilganida 11,1 foizga oshdi.
2018-yilda esa oyliklar miqdorining oshishi 7,5 foizni tashkil etgan edi.
Tojikistonda eng yuqori maoshni bank sohasi xodimlari oladi. Ularning oyligi o‘rtacha 307 dollarni tashkil etadi.
Tojikistonda fermer yoki baliqchilik unchalik ham daromadli soha hisoblanmaydi. Ushbu soha vakillari bir oyda 59 dollar ishlab topadi.
Izoh (0)