Rossiyaning Voronej viloyatida yengil mashina va mikroavtobus to‘qnashuvida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Viloyat IIB matbuot xizmatining bildirishicha, 15-iyun kuni kechki payt Voronej—Lugansk yo‘lining 59-kilometrida Ford Focus va Volkswagen Transporter mikroavtobusi yuzma-yuz to‘qnashgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ford Focus haydovchisi boshqaruvni uddalay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan.
YTH oqibatida 7 kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, ayol va uning 10 yashar qizi kasalxonaga yotqilgan. Ona jarohatlar tufayli keyichalik hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh (0)