AQShga viza olishni istovchilar ijtimoiy tarmoqlardagi profillari haqida ma’lumot taqdim etishiga to‘g‘ri keladi, deb yozadi “RIA Novosti”. Tegishli qaror prezident Donald Tramp ma’muriyati tomonidan qabul qilingan bo‘lib, iyundayoq kuchga kiradi.
Davlat departamentida ma’lum qilishlaricha, vizaga da’vogarlar anketada ular ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini aytishi mumkin, ammo agar ularning profillari topilib qolsa, bu “jiddiy immigratsion oqibatlar”ga olib kelishi mumkin.
“Biz kuzatishimizcha, so‘nggi yillarda butun dunyoda ijtimoiy tarmoqlar terrorchilik faoliyati uchun eng muhim maydonga aylanmoqda”, — deyishdi Davlat departamentida.
Ularning fikricha, bu xavfli shaxslarni AQShda immigratsion imtiyozlarga yaqinlashtirmaslik uchun o‘ta muhim vosita bo‘ladi.
Izoh (0)