Luiziana gubernatori, demokrat Jon Bell Edvards homilaning yurak urishini aniq eshitish mumkin bo‘lgan, ya’ni homiladorlikning oltinchi haftasidan so‘ng abort qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Missisipi va Luizianadan tashqari, homiladorlikning oltinchi haftasidan so‘ng abort qilishni taqiqlovchi qonunlar AQShning Kentukki, Ogayo, Jorjiya va Alabama shtatlarida ham qabul qilingan.
Ushbu qonunlarning ayrimlari hatto zo‘rlash va insest hollarida ham abort qilishga ruxsat bermaydi. Hozirgi vaqtda ushbu qonunlarning birortasi kuchga kirmagan.
Luiziana gubernatori a’zo bo‘lgan Demokratlar partiyasi olti haftadan keyin abort qilish taqiqini qo‘llab-quvvatlamaydi. Ammo Edvardsning o‘zi abortlarning ashaddiy dushmani sifatida tanilgan.
Izoh (0)