Misrning Qohiradan bir necha o‘n kilometr uzoqlikda joylashgan yangi ma’muriy poytaxtida Ramazon munosabati bilan eng uzun dasturxon yozildi, deb xabar beradi “Life.ru”.
Dasturxon uch kilometrga cho‘zildi. U Ginnes rekordlari kitobiga kiritilishi mumkin. Noz-ne’matlar yetti ming nafar mahalliy aholi uchun tayyorlandi. Yig‘ilganlarga kunjutli an’anaviy Misr noni, babaganush, shuningdek, turshak sharbati va choy tortildi.
Ziyofatdan keyin mehmonlar tarixiy obidalarni ziyorat qildi.
Izoh (0)