O‘zbekiston hozircha Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi jarayonlarni kuzatib turibdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Bu ularning pozitsiyasiga bog‘liq. Biz hech kimni majburlamaymiz”, — dedi Medvedev “Vesti v subbotu” ko‘rsatuvi boshlovchisining O‘zbekistonni YeOIIga qo‘shilishi bo‘yicha bergan savoliga.
Rossiya hukumati raisiga ko‘ra, ushbu tuzilmaga a’zolik mamlakatga ma’lum bir imtiyoz va preferensiyalardan foydalanish imkonini beradi.
“Albatta, bu har bir davlatning ichki ishi. O‘zbekistonlik do‘stlarimiz hozircha kechayotgan jarayonlarni kuzatib turibdi”, — ta’kidladi Medvedev.
Izoh (0)