Samarqand viloyati Narpay tumanida 2 000 ta terak daraxtining qurib qolishiga sababchi bo‘lgan masʼul javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum bo‘lishicha, daraxtlar “Yo‘llardan foydalanish” korxonasiga tegishli bo‘lgan hududda haqiqatdan ham 2024-yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan.

Ammo terak ko‘chatlariga korxona masʼullari eʼtiborsizlik qilishi oqibatida ular suvsizlikdan qurib, nobud bo‘lgan.
Hududga biriktirilgan masʼul B.I.ga esa joriy yilning 23-aprel kuni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 10 barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan va tabiatga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanib, tegishli hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Avvalroq ham ushbu masalada “Fuqaro qonunlarni buzgani uchun davlatga, tabiatga yetkazilgan 372 million so‘m zararni to‘lamaslik maqsadida davlat inspektorlariga bosim o‘tkazishga urinmoqdami?” sarlavhali rasmiy munosabat e’lon qilingandi.
Unda yetkazilgan zarar 372 million so‘mligi maʼlum qilingan.
Izoh (0)