AQShning kosmosdagi ustunligi Rossiya va Xitoy tufayli pasaymoqda. Bu haqda Pentagon rahbari Patrik Shanaxan ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
“Xitoy va Rossiya kosmik makondagi iqtisodiy va harbiy sa’y-harakatlarimizni sinchkovlik bilan o‘rganmoqda”, — degan Shanaxan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Pekin sun’iy yo‘ldoshga qarshi lazerlar va boshqa to‘siq bo‘luvchi vositalar ishlab chiqargan.
Shanaxan, shuningdek, AQSh kosmosdagi ustunligini tez yo‘qotayotganligini qo‘shimcha qilgan. Uning ta’kidlashicha, 2018-yilda AQSh orbitaga 17 ta raketa chiqargan, Xitoy esa 38 ta.
Izoh (0)