Kaliforniyada politsiya Long-Bichdagi namoyish davomida terakt sodir etishni rejalashtirgan sobiq harbiy xizmatchi Mark Domingoni qo‘lga oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
26 yashar Domingo 26-aprel kuni, asli agent bo‘lgan bo‘lgan shaxsdan bomba sotib olganidan so‘ng ushlangan. Terakt 27—28-aprel kunlariga mo‘ljallangandi.
Domingo onlayn-chatlarda Yangi Zelandiyadagi masjidlarga hujum uchun javob qaytarish zarurligi haqida fikr bildirganidan so‘ng maxsus xizmatlar e’tiborini jalb qildi. U dastlab olomonga avtomat quroldan o‘q uzishni rejalagan, biroq keyinchalik bomba portlatishga qaror qilgan.
Izoh (0)