Hindistonning Maxarashtra shtatida harbiy politsiyachilarni olib ketayotgan yuk mashinasi portlatildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Portlash oqibatida kamida 15 nafar jangchi halok bo‘ldi.
Hodisa maochilar guruhi faol bo‘lgan Gadchiroli okrugida ro‘y bergani aytilmoqda. Bu yerda oldinroq maochilar shosse qurayotgan kompaniyaga tegishli bir necha avtomobil va yo‘l texnikasini ham yoqib yuborgandi.
Izoh (0)