10-aprel kuni Samarqand viloyatining Urgut tumani Jayratepa mahallasida yashovchi M.A. IIBga murojaat qildi, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Fuqaro o‘z murojaatida 2018-yilning yanvar oyidan oktabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida uning shu mahallada yashovchi E.A. ismli jiyani, unga tegishli umumiy qiymati 86 666 AQSh dollariga teng bo‘lgan quruq mevalarini Qozog‘iston Respublikasida sotib berish uchun olib ketib, shu kunga qadar pullarni bermay yurganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, E.A. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)