Buxorolik haydovchiga yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 1 milliard so‘mdan ortiq jarima qo‘llangani haqida ogohlashtirish xati keldi.
Lacetti haydovchisiga kelgan jarimaning aniq miqdori 1 milliard 13 million 652 ming 19 so‘mni tashkil qildi. Blankada bu summa raqam va so‘z bilan yozilgan.
Ijtimoiy tarmoqlardan bu fotoga ko‘plab kulgili izohlar qoldirildi. Kimdir “Haydovchi vertolyotni quvib o‘tgan bo‘lsa kerak” deb taxmin qilgan bo‘lsa, yana boshqasi “Bu vip-tarif narxi, to‘laysan va bilganingcha yuraverasan” deya sharhlagan.
Foydalanuvchilardan biriga ko‘ra, ogohlantirish uning tanishiga kelgan. Jarimaning miqdori noto‘g‘ri yozilgan bo‘lib, kompyuter uning summasiga yil — 2019 ni qo‘shib qo‘ygan.
Aslida jarima eng kam ish haqining yarmi — 101 365 so‘mni tashkil etgan.
Izoh (0)