Pop tumani temir yo‘l bekatida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni kutib olish tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi ma’lum qildi.
Tadbirda hokimlik, mudofaa ishlari boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari mutasaddilari, askarlarning ota-onalari, mahalla faollari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqan mas’ullar Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarga berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lum qildi. Tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
—Bugun kutib olingan 86 nafar askar safida o‘g‘lim Maqsudjon ham bor edi. Termizda yigitlik burchini o‘tab qaytgan farzandimning kamolini ko‘rib, benihoya quvondim. Bu yerda bildirilgan fikrlardan u va o‘rtoqlarining kelgusidagi ham parvozlari baland bo‘lishiga ishonch hosil qildim, — deydi askar onasi Zaynabxon Hojiakbarova.
Izoh (0)