Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning shaxsiy fotosuratchisi vazifasidan ozod qilindi va partiyadan quvildi. Bu haqda Daily NK xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, gap Korean Art Film Studio studiyasida ishlaydigan Ri sharifli erkak haqida ketmoqda. U Kim Chen Inni juda yaqindan suratga olganligi uchun ishdan bo‘shatilgan.
Ri KXDR oliy xalq yig‘iniga saylov kuni Shimoliy Koreya yetakchisini fotoga olish qoidasini buzgani aytilmoqda.
Izoh (0)