23-mart kuni Yangi Zelandiya politsiyasi otishma oqibatida 50 kishi halok bo‘lib, yana shuncha odam jarohatlangan Kraystcherch shahridagi masjidlarni ochdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Politsiya an-Nur va Linvud masjidlarini mahalliy aholi tashrifi uchun qayta topshirdi. Har ikkala masjid va butun Yangi Zelandiyadagi masjidlar qurollangan politsiyachilar tomonidan qo‘riqlanadi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Yangi Zelandiya politsiyasi sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng barcha masjidlarni yopish va aholining masjidlarga bormay turishini tavsiya qilgandi.
Izoh (0)