23-mart kuni AQShning uzoq masofaga qanotli raketalar va aviabombalarni tashuvchi uchta B-52H Stratofortress strategik bombardimonchisi bir necha soat farq bilan Kaliningrad viloyati yaqinidan uchib o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Buyuk Britaniyaning Fervord aviabazasidan parvozni amalga oshirgan bombardimonchilar Boltiq dengizi ustidagi xalqaro havo hududiga kirishdan avval Niderlandiya va Germaniya hududidan o‘tgan. Keyin ular Polsha qirg‘oqlari bo‘ylab Kaliningrad viloyati tomon uchgan.
AQSh bombardimonchilari Kaliningrad viloyatining dengiz chegarasidan taxminan 160-170 kilometr uzoqlikda yo‘nalishni shimoliy-sharqiy tomonga o‘zgartirib, Boltiq dengizi ustidan parvozni davom ettirgan. So‘ng Shvetsiyaning Gotland orollari atrofida aylanib, yana Buyuk Britaniyadagi bazaga qaytib kelgan.
Kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, AQSh bombardimonchilari Kaliningrad hududidagi marralarga zarba berishni mashq qilgan.
Izoh (0)