Dushanbedagi masjid qurilishida balandlikdan tushib ketgan quruvchilardan biri vafot etdi. U halokat sodir bo‘lgan vaqtdan beri jonlantirish bo‘limida yotgan, deb xabar berdi “ASIA-Plus”.
Balandlikdan qulagan 60 yoshli quruvchi Davlatsho Yusupovning jigari yorilgan. Shifokorlar barcha imkoniyatlarni ishga solgan, biroq uning hayotini saqlab qololmagan.
Yana bir quruvchi esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Ammo shifokorlarning aytishicha, uning ahvoli xavotir uyg‘otmaydi. Jarohatlangan boshqa quruvchilar ahvoli esa barqaror deb baholangan.
Sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Dushanbe prokuraturasi tomonidan Tojikiston JKning 190-moddasi (konchilik, qurilish va boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalarining buzilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)