Belarus 2019-yilda amaldagi kreditlari bo‘yicha to‘lash uchun Rossiyadan 600 million dollar qarz so‘radi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Maksim Yermolovich ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Vazirga ko‘ra, Rossiya tomoni budjetda Belarus qarzini qayta moliyalashtirish uchun mablag‘lar ko‘zda tutgan, biroq bu yuzasidan yakuniy qaror qabul qilinmagan.
2019-yilda Belarus turli kreditorlarga 3,6 milliard dollar to‘lashi kerak. Davlatning Rossiya oldidagi umumiy qarzi 6,5 milliard dollardan oshadi.
Izoh (0)