O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi Moskvada o‘zbekistonlik fuqarolar ishtirokidagi mushtlashuvda halok bo‘lganlar ism-sharifiga aniqlik kiritdi.
Elchixonaga ko‘ra, 2019-yil 17-fevral kuni yuz bergan hodisada quyidagi fuqarolar halok bo‘lgan:
1. Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich, 1989-yil 29-oktabrda tug‘ilgan;
2. Jamoliddinov Ziyodulla Ro‘ziboy o‘g‘li, 1992-yil 11-mayda tug‘ilgan.
Jamoliddinovning jasadi hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan noma’lum shaxs, deya yetkazilgan.
Avval halok bo‘lgani bildirilgan Otabek Nusratov (1987-yil 24-oktabrda tug‘ilgan) jarohati tufayli kasalxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)