“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida Jizzax shahrida “Orom” kovorking markazi faoliyatini boshladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
— Markazimizni zamon talablari asosida qurish uchun o‘z jamg‘armamiz va Milliy bankning imtiyozli krediti hisobidan 6 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlarini olib bordik, — deydi “Orom” kovorking markazi rahbari Bunyod Qo‘ng‘urov. — Majmuamizdagi bouling klubi Amerikadan olib kelingan uskunalar bilan jihozlangan, shuningdek, musiqa zali, bolalar o‘yin maydonchasi faoliyat ko‘rsatib turibdi.
“Yosh tadbirkorlar” uchun mo‘ljallangan kovorking markazi yoshlarning biznes tashabbuslari, g‘oyalari, loyihalari, nou-xaulari, startaplarini amalga oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yuridik hamda tijoriy maslahatlar berish, buxgalteriya hisobotlarini yuritish, master-klasslar o‘tish, seminarlar tashkil etish va boshqa bir qancha xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga mo‘ljallangan.
Shuningdek, bu yerda yoshlar uchun ofislar olish va o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish imkoni ham yaratildi. Markaz ishga tushishi bilan 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Izoh (0)