2019-yil 18-fevral kuni Toshkent viloyatining Qibray tumani O‘nqo‘rg‘on mahallasida yashovchi B.H. mahalladoshi J.H. bilan Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashovchi B.Ch. ismli tanishining uyiga kiradi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ular uy egasi, uning rafiqasi va maktabda tahsil oluvchi qizini urib, uyidan pullari va 2 dona Samsung rusumli mobil telefonini olib, voqea joyidan yashirinadi.
Natijada B.Ch. tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida B.H. va J.H. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida joylashgan “Umakay” yo‘l-patrul xizmati maskanida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)