Joriy yilning oxiriga qadar viloyat kardiologiya dispanserida 4 qavatli kardiojarrohlik bo‘limi barpo etilib, 50 yotib davolanish o‘rinlari (koyka) va 100 qatnovli poliklinika xizmati aholi foydalanishiga topshiriladi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Mazkur qurilish uchun davlat investitsiya dasturi asosida 12 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, hozirda qurilish va ta’mirlash ishlari boshlandi.
— Loyiha asosida qurilayotgan mazkur bino 4 qavatli bo‘ladi, — deydi “Temir qalqon” MChJ korxonasi rahbari Qosimjon Qarshiyev. — Shuningdek, yangi qurilayotgan bino dispanserning 3 qavatli poliklinika binosiga tutashtiriladi va poliklinika binosi ham to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Qoleversa rekonstruksiya qilingan poliklinika binosida ham qo‘shimcha 60 yotib davolanish o‘rni yaratiladi. Natijada yangi barpo etilgan bino va mukammal ta’mirdan chiqarilgan binolarda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan kardiojarrohlik zali, 110 o‘rinli yotib davolanish bo‘limi va 100 qatnovli poliklinika xizmati joriy etiladi.
Izoh (0)