Joriy yilning kuzida O‘zbekiston maxsus xizmat vakillari Armanistonda o‘tkaziladigan “Ararat—Antiterror” harbiy mashqlarida ishtirok etadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
MDHning Terrorizmga qarshi markazi rahbari Andrey Novikovning aytishicha, “Ararat-Antiterror” mashqlarining asosiy mavzusi yoqilg‘i-energetika kompleksi obyektlarida terroristik harakatlarni aniqlash qilish va uni bartaraf etish hisoblanadi.
“Armanistonga yirik terroristik tuzilmalar bostirib kirishi ehtimoli kam hisoblanadi. Biroq “uyqudagi” terrorchilarning yoqilg‘i-energetika kompleksi strategik muhim obyektlariga hujum qilishi xavfi yuqori bo‘lib, davlat maxsus xizmatchilari diqqat e’tiborida uning oldini olish choralarini ko‘rish lozim”, — deydi Novikov.
“Ararat—Antiterror” da, shuningdek, MDH tarkibiga kiruvchi Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya ishtirok etadi.
Izoh (0)