Jahon banki guruhi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda O‘zbekiston boy bo‘lishi uchun ko‘proq eksport qilishi kerakligi aytildi. Bu haqda Spot xabar berdi.
Mutaxassislarning fikricha, raqobatbardosh ish o‘rinlarini yaratish uchun kuchliroq xususiy sektor kompaniyalari tabiiy bo‘lmagan resurslar eksporti hajmini oshirishni qo‘llab-quvvatlashi kerak.
Agar hukumat amalga oshirilayotgan islohotlar jadalligini saqlab qolsa, xususiy sektor uchun yangi bozorlarni yaratish va investitsiya kiritish uchun imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
“Shu sababli yaqin vaqt ichida O‘zbekiston tashqi savdo balansi defitsitiga emas, eksport qiymatiga e’tibor qaratishi kerak”, — deyiladi tadqiqotda.
Shuningdek, tadqiqotda ta’kidlanishicha, deyarli 10 yil davomida eksport turg‘un holatda bo‘lgan va bu joriy hisob balansi defetsitining o‘sishiga olib kelgan. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, kimyoviy mahsulotlar eksportini oshirishi, shuningdek xizmat ko‘rsatish bozori, xususan, turizmni rivojlantirishi mumkin edi.
Hozirda O‘zbekiston eksportdan ko‘ra ko‘proq import qilmoqda. 2018-yil oxirida uzilishlarni oldini olishga erishilgan, lekin shunga qaramay, tashqi savdo saldosi defitsiti 5,2 milliard dollarga teng bo‘lgan.
Izoh (0)